Shvesiyada Ramazon chekishni tashlash oyiga aylandi.
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Shvesiya poytaxti Stokgolmda oxirgi 6 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan «Chekishni to‘xtating» Ramazon kampaniyasi bu yil amalga oshirilmoqda. Stokgolm munisipaliteti tomonidan uyushtirilgan kampaniyani musulmon jamoalari ham qo‘llab-quvvatlamoqda.
???? Stokgolm munisipaliteti qoshidagi Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha Milliy kengash koordinatori Anette Peterson masjidlarda «Ramazon oyi chekishdan qutulish imkoniyatidir» shiori ostida varaqalar tarqatdi.
❕ Ro‘za tutgan odam kun davomida chekmasligiga ishora qilib, Peterson shunday dedi: «Kun bo‘yi chekmasangiz, chekishni tashlashning yangi bosqichiga kirasiz. Shuningdek, Ramazon oyida chekishni butunlay tashlashingiz mumkin».
Manba: www.aniq.uz