Hindistondagi mehmonxonalardan birida o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Hindistonning Karnataka shtati Bengaluru shahridagi mehmonxonalardan birida o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil 13 mart kuni mazkur shaharning "Jagadish Hotel" mehmonxonasida O‘zbekiston fuqarosi, 1997 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan Z.J. ismli ayol o‘z xonasida o‘lik holatida topilgan.
Hozir mutasaddi tashkilotlar tomonidan mazkur hodisaning sabablari aniqlanmoqda. Diplomatik missiyasining konsullik bo‘limi ushbu jarayonni o‘z nazoratiga olgan.
Elchixona tomonidan zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish maqsadida marhumaning oila a’zolari bilan aloqa o‘rnatish choralari ko‘rilmoqda.
O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi ushbu voqea yuzasidan ma’lumotlarga ega bo‘lganlardan dipmissiya konsullik bo‘limiga quyidagi aloqa vositalari orqali murojaat qilishini so‘raydi:
Telefon: +91 11 2467 0774/75
Manba: www.aniq.uz