softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Tanzila Narbayeva Nyu-Yorkda Antoniu Guterrish bilan uchrashdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Tanzila Narbayeva Nyu-Yorkda Antoniu Guterrish bilan uchrashdi

Batafsil o'qish:

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasining BMT va uning ixtisoslashgan idoralari bilan hamkorligining hozirgi holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, muloqot davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va davlatlar o‘rtasidagi so‘nggi yillarda to‘plangan ijobiy sheriklik tajribasiga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbat davomida Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bilan bog‘liq, jumladan, gender tengligini ta’minlash masalalari ham muhokama qilindi.

A.Guterrish Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi ijobiy holatida O‘zbekistonning muhim roliga alohida to‘xtalib o‘tdi. “Prezident Shavkat Mirziyoyevning sa’y-harakatlari bilan Markaziy Osiyo bugun ahil-inoq yashamoqda, mamlakatlar barcha sohalarda jadal hamkorlik qilmoqda. O‘zbekiston tashabbusi bilan mintaqa ayollari ham faoliyati ishonchli qo‘llarda bo‘lgan Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollarining noyob muloqoti doirasida birlasha oldi”.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston tashabbuslarini xalqaro maydonda ilgari surish, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishga doir aniq takliflarni qo‘llab-quvvatlashda BMT bilan konstruktiv hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Manba: www.aniq.uz