softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Keniyada 5 mingta chumolini to‘plagan belgiyalik o‘smirlar hibsga olindi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Keniyada 5 mingta chumolini to‘plagan belgiyalik o‘smirlar hibsga olindi

Batafsil o'qish:

Ular hasharotlar kontrabandasida ayblanmoqda. Mamlakat rasmiylari musodara qilingan chumolilarni 7 ming yevroga baholadi.

Foto: Reuters

Keniyaning Nakuru okrugida belgiyalik ikki o‘smir tabiat resurslari kontrabandasida ayblanib, hibsga olindi. Euronewsʼning yozishicha, ulardan probirkalarga qadoqlangan 5 mingta chumoli musodara qilingan.

Qayd etilishicha, Nayrobi sudiga olib borilgan 19 yoshli yigitlar chumolilarni shunchaki ermak uchun to‘plashgani va buning qonunga zid ekanini bilmaganliklarini aytgan. Shu bilan birga, ushbu sud zalida parallel ravishda chumolilar bilan qo‘lga tushgan yana ikki erkakka (Keniya va Vetnam fuqarolari) nisbatan ham ayblov e’lon qilingan.

Keniya yovvoyi tabiat muhofazasi xizmatining (KWS) ma’lum qilishicha, ushbu shaxslar Yevropa va Osiyo bozorlari uchun hasharotlarni noqonuniy yetkazib berish bilan shug‘ullangan.

«Chumolilarning noqonuniy eksporti nafaqat Keniyaning biologik xilmaxillik bo‘yicha suveren huquqlariga putur yetkazadi, balki mahalliy hamjamiyatlar hamda tadqiqot institutlarini potensial ekologik va iqtisodiy manfaatlardan mahrum qiladi», — deyiladi KWS xabarida.

Ilgari Keniya fil, karkidon va pangolin kabi yirik yovvoyi hayvonlarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashar edi. Biroq so‘nggi to‘rtta holat savdo tendensiyalari o‘zgarayotgani, ya’ni yirik sutemizuvchilar o‘rniga u qadar e’tiborga tushmaydigan, ammo ekologik jihatdan muhim turlarga o‘tilayotganidan dalolat bermoqda.

Keniya rasmiylari belgiyalik yigitlardan musodara qilingan chumolilarni taxminan 7 ming yevroga baholagan. Ularning ta’kidlashicha, hasharotlar qiymati ularning turi va bozordan kelib chiqib, o‘zgarishi mumkin.

Nayrobidagi Afrika yovvoyi tabiati fondining tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha vitse-prezidenti Filip Murutining aytishicha, chumolilar tuproqni boyitishda, urug‘larning unib chiqishida va qushlarni oziqlantirishda muhim rol o‘ynaydi. «Agar bunday turlarning savdosi mavjud bo‘lsa, uni tartibga solish kerak, hech kim bizning resurslarimizni shunchaki musodara qilishga haqli emas», — deydi u.

Qo‘lga olingan to‘rt nafar shaxs 23 aprelda bo‘lib o‘tadigan keyingi sud majlisiga qadar hibsda saqlanadi.