softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Tramp o‘zini tanqid qilgan Baydenga javob qaytardi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Tramp o‘zini tanqid qilgan Baydenga javob qaytardi

Batafsil o'qish:

AQSh prezidenti sobiq hamkasbini noto‘g‘ri immigratsiya siyosatini yuritganlikda yana bir bor aybladi.

Foto: Reuters

AQSh sobiq prezidenti Jo Bayden «millionlab jinoyatchilarning Qo‘shma Shtatlarga kirishiga ruxsat berdi». Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Truth ijtimoiy tarmog‘idagi postida ma’lum qildi.

Avvalroq, Jo Bayden Trampni tanqid qilib, uning nomini tilga olmagan va «o‘sha yigit» deb atagan edi. Xususan, Bayden Tramp tomonidan Ijtimoiy ta’minot agentligi xodimlari sonini keng miqyosda qisqartirilishini tanqid qilib, bu millionlab amerikaliklar uchun xavf tug‘dirayotganiga ishora qildi. «Biz hech qachon bu ishonchga xiyonat qilmasligimiz yoki o‘z majburiyatlarimizdan yuz o‘girmasligimiz kerak», dedi Bayden Oq uyni tark etganidan keyin birinchi nutqida.

«Uyqusiragan Bayden - AQSh tarixidagi eng yomon prezident», deb yozdi Tramp. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bayden davrida Qo‘shma Shtatlarga kirgan jinoyatchilar - «qotillar, giyohvand modda sotuvchilari, qamoqxona va ruhiy kasalxonalarning sobiq mahbuslari» - «o‘ylamasdan ochib yuborilgan chegaradan» foydalangan. «Mening vazifam bu qotillar va bezorilarni bu yerdan daf qilish», deb yozdi Tramp.