softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Rossiyaning Kursk viloyati sobiq gubernatori Aleksey Smirnov qo‘lga olindi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Rossiyaning Kursk viloyati sobiq gubernatori Aleksey Smirnov qo‘lga olindi

Batafsil o'qish:

Ukraina armiyasi u yerdan bostirib kirganida Smirnov Kursk viloyatiga rahbarlik qilgan. Sobiq gubernator Kursk viloyatida mudofaa inshootlari qurilishi uchun ajratilgan budjet mablag‘larini o‘zlashtirish ishi bo‘yicha ushlangan.

Foto: RBK / TASS

Ichki ishlar vazirligi xodimlari Kursk viloyati sobiq gubernatori Aleksey Smirnov va uning sobiq birinchi o‘rinbosari Aleksey Dedovni qo‘lga oldi, deb xabar qildi 16 aprel, chorshanba kuni Rossiya axborot agentliklari. Smirnov va Dedovga nisbatan firibgarlik bo‘yicha jinoiy ish ochildi.

Smirnov 15 aprel kuni Moskvada, Dedov shu kuni Kurskda qo‘lga olingan. Manbalarga ko‘ra, qo‘lga olish Kursk viloyatida mudofaa inshootlarini qurish uchun ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirish ishi bilan bog‘liq. Moskvaning Meshchanskiy tuman sudi Smirnovni ikki oyga tergov hibsxonasiga jo‘natdi, deb xabar berdi Moskva sudlari matbuot xizmati.

Smirnov 2024 yilning may oyida, avvalgi gubernator Roman Starovoyt federal hukumatdagi ishga o‘tib, Transport vazirligini boshqarganidan keyin Kursk viloyati rahbari bo‘ldi. 2018 yildan beri viloyatni boshqarib kelayotgan Starovoyt davrida Smirnov uning birinchi o‘rinbosari va viloyat hukumati raisi bo‘lgan.

2024 yilning avgustida, Smirnov Kursk viloyatiga rahbarlik qilganida, Ukraina qurolli kuchlarining katta kontingenti mintaqaga bostirib kirdi. Sentyabr oyida Smirnov gubernator etib saylandi (u 65,28 foiz ovoz oldi), ammo dekabr oyida iste’foga chiqdi va boshqa ishga o‘tayotganini e’lon qildi. Davlat dumasining Axborot siyosati qo‘mitasi sobiq rahbari Aleksandr Xinshteyn Kursk viloyati rahbari etib tayinlandi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov buni mintaqadagi inqirozni boshqarish zarurati bilan asosladi.