softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji

Batafsil o'qish:

Bu haqda Rossiya Bosh prokuraturasi so‘ragan edi. «Tolibon» 20 yildan ortiq vaqtdan beri terrorchi tashkilotlar ro‘yxatida turibdi.

Foto: AP

Rossiya Oliy sudi Afg‘onistonning «Tolibon» harakatini Rossiyadagi faoliyatini taqiqlash to‘g‘risidagi qarorni to‘xtatdi. Bu haqda Bosh prokuratura so‘ragan edi.

«Tolibon» harakatini taqiqlashni to‘xtatib turish haqidagi qaror darhol kuchga kirdi, deb xabar berdi «TASS» Oliy sud qaroridan iqtibos keltirib.

So‘nggi bir necha yil ichida Rossiya hukumati «Tolibon» bilan faol aloqalarni davom ettirdi va Rossiya hududida harakat faoliyati taqiqlanganiga qaramay, ularning delegatsiyalarini Moskvada qabul qildi.

Afg‘onistonni 1996-2001 yillarda boshqargan «Tolibon» harakati Rossiyada terrorchi deb tan olingan va 2003 yilda faoliyati taqiqlangan edi. Bundan bir necha yil oldinroq «Tolibon» chechen separatistlarini ochiq qo‘llab-quvvatlagan va hatto Rossiyaga qarshi muqaddas urush – jihod e’lon qilgan edi.

So‘nggi 20 yil ichida Rossiyaning turli mintaqalarida «Tolibon» bilan aloqada gumon qilingan shaxslarga nisbatan jinoiy ishlar ochildi. Bundan tashqari, Rossiyada «Tolibon»ni jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi terrorizmni oqlaganlik deb baholanishi mumkin.

Rossiya rasmiylarining «Tolibon»ga munosabati ular Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning katta hududlarini o‘z nazoratiga olgan IShID harakatiga qarshi urush e’lon qilganidan keyin o‘zgara boshladi.

2015 yilda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov Rossiya va «Tolibon» harakatining IShID harakatiga qarshi kurashda umumiy manfaatlari borligini aytgan edi.

2018 yilda «Tolibon» ilk bor muzokaralar o‘tkazish uchun delegatsiya bilan Moskvaga bordi. Uchrashuv yopiq formatda, Rossiya tomonidan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishtirokida o‘tdi. U bunday aloqalarni harakatning «qurolli kurashdan voz kechib, hukumat bilan umummilliy muloqotga kirishishga» ishontirishga urinish sifatida tushuntirdi.

2019 yil fevral oyida toliblar «Afg‘oniston bo‘yicha muloqot» forumida ishtirok etish uchun Rossiyaga bordi va shu yilning may oyida Lavrov Rossiya va Afg‘oniston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 100 yilligi munosabati bilan Moskvada toliblarni ochiq va shaxsan qabul qildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlar bo‘roniga javoban Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bunda obro‘-e’tiborga oid xavflarni ko‘rmayotganini aytdi.

2021 yilda Afg‘onistondan Amerika kontingenti olib chiqilishidan sal avval Lavrov «Tolibon» harakati yetakchilarini «aqli raso» deb atadi va mamlakatda «Tolibon» hokimiyatga kelishi bilan rasmiy Moskvaning ritorikasi yanada yumshadi.

Shundan keyin «Tolibon» vakillari Rossiyada yana bir necha bor bo‘lib, turli tadbirlarda ishtirok etgan edi.