softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

SpaceX AQShning «Oltin gumbaz»i uchun sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish bo‘yicha shartnomani qo‘lga kiritishi mumkin

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

SpaceX AQShning «Oltin gumbaz»i uchun sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish bo‘yicha shartnomani qo‘lga kiritishi mumkin

Batafsil o'qish:

Loyiha qiymati yuzlab milliard dollarga yetishi kutilmoqda. SpaceX esa dastlabki muhandislik va loyihalash ishlarini 6 milliarddan 10 milliard dollargacha baholagan.

Foto: Reuters

Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi va uning ikki sherigi yangi avlod «Oltin gumbaz» raketalarga qarshi tizimini yaratishga asosiy nomzodlarga aylandi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, Reuters xabar berdi. Mazkur tizimni ishlab chiqishni AQSh prezidenti Donald Tramp buyurgan edi.

Agentlikning yozishicha, raketalar va sun’iy yo‘ldoshlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi SpaceX kompaniyasining potensial hamkorlari sifatida dasturiy ta’minot sohasidagi Palantir va uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqaruvchisi Anduril kompaniyalari ham ishtirok etayotgan qo‘shma tender tayyorlanmoqda. Manbalarga ko‘ra, so‘nggi uch hafta ichida ushbu kompaniyalar vakillari Donald Tramp ma’muriyati va Pentagonning yuqori martabali amaldorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan.

Reuters manbalarining aytishicha, SpaceX loyiha uchun «obuna asosida servis» formatini taklif qilgan: hukumat sun’iy yo‘ldosh tizimidan foydalanish huquqi uchun to‘lov qiladi, biroq uni bevosita boshqarmaydi. Bu esa Pentagonning ba’zi protokollariga amal qilmaslikka imkon beradi va tizimni yaratishni tezlashtiradi. Biroq bu holatda Mudofaa vazirligi loyiha ustidan nazorat va narx siyosatini yo‘qotadi. Pentagonning ayrim amaldorlari SpaceX taklifiga shubha bilan qaramoqda.

«Oltin gumbaz» — raketalarga qarshi yangi avlod mudofaa tizimi bo‘lib, uning doirasida raketalarni tutib qoluvchi vositalar kosmosga chiqariladi. Maqsad — AQSh hududini har qanday raketa tahdididan to‘liq himoya qilish. Donald Tramp bu loyiha yaratish haqidagi farmonni 28 yanvar kuni imzolagan. Pentagonga ushbu «Oltin gumbaz»ni ishlab chiqish va qurishda yordam berish istagini bildirgan 180 dan ortiq kompaniya murojaat qilgan. Loyiha qiymati yuzlab milliard dollarga yetishi mumkin. SpaceX esa dastlabki muhandislik va loyihalash ishlarini 6 milliarddan 10 milliard dollargacha baholagan.