softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Chexiya Rossiya neftiga qaramlikdan qutulganini e’lon qildi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Chexiya Rossiya neftiga qaramlikdan qutulganini e’lon qildi

Batafsil o'qish:

Mamlakat «Drujba» quvuri orqali neft olishni to‘xtatdi va g‘arb quvurlaridan ta’minotni oshirdi.

Foto: Gabriel Kuchta

Chexiya TAL quvuri orqali neft olishni boshladi va so‘nggi 60 yil ichida birinchi marta Rossiyaning «Drujba» quvuridan neft olishni to‘xtatdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Petr Fiala ma’lum qildi.

16 aprel kuni Italiyaning Triyest shahridagi neft bazasidan Chexiya markaziy neft omboriga birinchi «qora oltin» partiyasi yetkazib berildi. Ushbu mahsulot Litvinov shahridagi neftni qayta ishlash zavodiga yuboriladi.

Fiala so‘zlariga ko‘ra, Chexiya endi g‘arb quvurlaridan yiliga 8 million tonnagacha neft olishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, bu hajm Chexiya neftni qayta ishlash zavodlari ehtiyojlarini to‘liq qoplash uchun yetarli.

«Biz energiya mustaqilligimiz sari yana bir qadam tashladik. Bu bilan mamlakatning energiya xavfsizligi mustahkamlanadi, chunki avvalgi Rossiya ta’minotiga qaramlik Chexiyani zaif qilayotgan edi», dedi Fiala.

Shu vaqtgacha neft Chexiyaga ikkita asosiy manbadan kelgan. Ulardan biri Rossiyaning «Drujba» quvuri edi. 2024 yilda ta’minot ulushi 42 foizni tashkil etdi. Boshqa qismi Italiyaning TAL quvuriga ulangan Germaniyaning IKL quvuri orqali kelgan.

TAL neft quvuri quvvatini oshiradigan TAL+ deb nomlangan loyiha Chexiya hukumati tomonidan 2022 yil noyabrida tasdiqlandi. Texnik ishlar 2024 yil may oyida boshlandi.