softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Migrantlar uchun rus tili imtihonlari Rossiya budjetiga 30 million dollar keltirdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Migrantlar uchun rus tili imtihonlari Rossiya budjetiga 30 million dollar keltirdi

Batafsil o'qish:

Avvallari bu mablag‘lar «korrupsiyaga ketgan» bo‘lsa, hozir «g‘aznaga tushgani» ta’kidlanmoqda.

Foto: TASS

Mehnat migrantlarining rus tilidan imtihon topshirishi Rossiya budjetiga qo‘shimcha 2,5 milliard rubl (30,4 million dollar) olib keldi, dedi Davlat Dumasidagi «Yedinaya Rossiya» fraksiyasi rahbari Vladimir Vasilev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, avvallari bu mablag‘lar «korrupsiyaga ketgan» bo‘lsa, hozir «g‘aznaga tushgan».

2024 yil oktabr oyida Davlat Dumasi migrantlar uchun til imtihonlarini o‘tkazish bo‘yicha davlat organlarining mutlaq huquqini joriy etuvchi qonunni qabul qildi. Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin bu tashabbus «aldov» va «imtihon komissiyasining korrupsiyasi» xavfini kamaytirish uchun zarur ekanligini aytdi. Noyabr oyida Ta’lim va fan vazirligi ushbu imtihonlar uchun yagona narxlarni belgilashni taklif qildi.

Dekabr oyida hukumat imtihonlarning yagona narxini tasdiqladi. Shunday qilib, fuqarolikni olishda rus tili imtihoni narxi 2,95 ming rublni tashkil qiladi. Xuddi shunday narx Rossiya tarixi va Rossiya qonunchiligi asoslari bo‘yicha imtihon uchun ham belgilangan.

Vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma yoki yashash uchun ruxsatnoma olishda – rus tili, tarix va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihon narxi 5,9 ming rubl, ishlash uchun ruxsatnoma yoki patent olishda – rus tili, tarix va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihon narxi 3,8 ming rubl miqdorida belgilangan.