Ukraina mart oyida Yevropa Ittifoqidan 4,5 milliard yevro oladi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
"Bu Yevropa Ittifoqining 50 milliard yevrolik yangi qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasidagi birinchi transh bo‘ladi", — deya ma’lum qildi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Kiyevda Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal bilan uchrashuvdan so‘ng.
Lyayenning so‘zlariga ko‘ra, u tashrifi chog‘ida Ukraina rasmiylari bilan Polsha bilan chegaradagi Ukraina mahsulotlari eksporti bo‘yicha muammolar va mudofaa sohasida hamkorlikdagi ishlarni muhokama qilgan.
Evropa Ittifoqi davlatlari 2024 yil 1 fevralda Bryusselda bo‘lib o‘tgan sammitda Ukrainaga 50 milliard yevro miqdorida uzoq muddatli yordam ko‘rsatishga kelishib oldi. Yordam paketi to‘rt yilga mo‘ljallangan bo‘lib, u 33 milliard yevro miqdoridagi kreditlarni va 17 milliard yevro miqdoridagi qaytarilmaydigan grantlarni o‘z ichiga oladi. Mablag‘ni olish uchun Kiyev demokratik tamoyillar va inson huquqlarini hurmat qilishi kerakligi belgilangan.
Manba: www.aniq.uz