softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

OAV: AQSh va Britaniya Yaman poytaxtiga hujum qildi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

OAV: AQSh va Britaniya Yaman poytaxtiga hujum qildi

Batafsil o'qish:

AQSh va Buyuk Britaniya Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Yamanning Ansorulloh harakati (husiylar) tomonidan nazorat qilinadigan Yaman poytaxti Sana shahriga havo hujumi uyushtirdi.

Bu haqda huciylarga qarashli Al-Mesira telekanali xabar berdi.

Hodisaning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.

AQSh yoki Buyuk Britaniyadan hozircha hech qanday izoh yo‘q.

Avvalroq husiylar Adan ko‘rfazi orqali Amerika bayrog‘i ostida suzib kelayotgan MV Torm Thor neft tankeriga hujum qilgan edi. Bu haqda harakat vakili Yahyo Sarea xabar berdi.

AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) USS Mason esminetsi tankerga otilgan raketani urib tushirganini ma’lum qildi. Xabarda aytilishicha, USS Mason va MV Torm Thor kemalariga zarar yetmagan.
Manba: www.aniq.uz