softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Isroil askarlari ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda yana 15 falastinlikni qo‘lga oldi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Isroil askarlari ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda yana 15 falastinlikni qo‘lga oldi

Batafsil o'qish:



Falastin Asirlar Jamiyati va Falastin Ozodlik Tashkilotining Asirlar va Ozod qilinganlar Qo‘mitasi qo‘shma bayonotida, Isroil askarlarining G‘arbiy Sohil va Quddusda bosqinlarini davom ettirayotgani ma’lum qilindi.

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, kechadan beri

Ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddus bilan G‘arbiy Sohildagi Al-Xalil, Baytullohim, Ramallah, Nablus va Jenin shaharlarida uyushtirgan reydlarda Isroil askarlari, jurnalist Sami ash-Shami va sobiq mahbuslar bo‘lgan 15 nafar falastinlikni qo‘lga oldi.

2023 yil 7-oktabrdan buyon G‘arbiy Sohilda Isroil tomonidan qo‘lga olingan falastinliklar soni 7225 nafarga yetdi.

Bayonotda, Isroil kuchlarining G‘arbiy Sohil va Quddusda uyushtirgan reydlar chog‘ida falastinliklarni kaltaklagani va qo‘lga olinganlarning oilalarini tahdid qilgani qayd etildi. Bu jarayonda Isroil kuchlari Falastin fuqarolarining uylari va mashinalariga zarar yetkazdi.
Manba: www.aniq.uz