softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Polshada ilk bor ayol kishi F-16 qiruvchi samolyoti uchuvchisiga aylandi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Polshada ilk bor ayol kishi F-16 qiruvchi samolyoti uchuvchisiga aylandi

Batafsil o'qish:

Mamlakat mudofaa vaziri ushbu ayol ofitserni tabrikladi. Amerika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu qiruvchi samolyotlardan Polshada 40 dan ortiq mavjud.

Polshada mamlakat tarixida ilk bor ayol kishi F-16 qiruvchi samolyotining uchuvchisiga aylandi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, shu kungacha Polsha Harbiy-havo kuchlarining F-16 qiruvchi samolyotlarini faqat erkaklar boshqargan. Endi bunday uchuvchilar qatoriga birinchi ayol ham qo‘shildi.

«Harbiy-havo kuchlarimiz va Polsha Qurolli kuchlari uchun muhim yangilik — ilk bor ayol kishi F-16 samolyotining uchuvchisiga aylandi. Ofitser ayol Laskdagi 32-taktik aviabazada xizmat qiladi. U AQShda tayyorgarlikdan o‘tgan va endi bizning qiruvchilarimizni boshqara oladi. Chin ko‘ngildan tabriklayman!», — deb yozadi vazir.

Yana bir polshalik uchuvchi ayol Kshesinidagi 31-bazada tayyorgarlikdan o‘tmoqda.

F-16 Fighting Falcon — dunyodagi eng zamonaviy ko‘p maqsadli qiruvchilardan biri hisoblanadi. Amerikaning Lockheed Martin kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan samolyot ancha yillardan beri ko‘plab davlatlar, jumladan, Polsha havo kuchlarining asosini tashkil etadi. Bugungi kunda Polsha Harbiy-havo kuchlari ixtiyorida 40 dan ortiq F-16 qiruvchi samolyotlari mavjud.