softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Ozarbayjon TIV Xo‘jali qirg‘iniga 32 yil to‘layotgani munosabati bilan bayonot berdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Ozarbayjon TIV Xo‘jali qirg‘iniga 32 yil to‘layotgani munosabati bilan bayonot berdi

Batafsil o'qish:

Ozarbayjon Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligi Xo‘jali qirg‘ini hodisalariga 32 yil to‘layotgani munosabati bilan bayonot berdi.

“Fevralning 26-kunida Armanistonning Ozarbayjonga harbiy tajovuzi va hududlarimizning ishg‘oli davrida ozarbayjonlik fuqarolarga qarshi qilingan Xo‘jali qirg‘iniga 32 yil to‘lmoqda.

Armaniston tomonidan ozarbayjonliklarga qarshi olib borilgan etnik tozalash va qirg‘in siyosati Ozarbayjon hududlarining ishg‘oli vaqtida Bag‘anis Ayrim, Jamilli, Karkijahon, Mashali, Malibeyli, Qushchilar, Qoradog‘li va boshqa aholi punktlarida insoniylikka qarshi sodir etilgan og‘ir jinoyatlar bilan to‘la bo‘ldi. Bu jinoyatlarning eng dahshatli qatli bedodlaridan biri Xo‘jali shahrining tinch aholisiga qarshi uyushtirilgan qirg‘in voqeasidir.

1991 yil oktabridan e’tiboran qamal qilingan va avtomobil yo‘lidan qatnov to‘xtatilgan, 1992 yilning yanvaridan esa energetika ta’minotidan uzib qo‘yilgan Xo‘jali shahri 1992 yilning 25 fevralidan 26 fevraliga o‘tar kechasida sobiq SSSR ning 366-o‘q otish maydonining yordami bilan Armaniston Qurolli Kuchlari tomonidan artilleriyadan o‘qqa tutib, ishg‘ol etildi.

Ishg‘ol natijasida 63 ta bolalar, 106 ta ayollar va 70 nafar keksalar, 613 nafar aholi vahshiylarcha qatl qilindi, 8 nafar oila esa tamoman yo‘q qilindi, 130 nafar bolalar esa ota-onalaridan birini, 25 nafar bolalar ham otasini, ham onasini yo‘qotdi. Asir va garovga olib ketilgan, omonsiz, vahshiy qiynoqlarga duchor bo‘lgan insonlarning 1275 nafardan 68 tasi ayol va 26 tasi bolalardir, qolaversa 150 nafar insonning taqdiri hali hanuz bugungacha noma’lumdir.

Hech qanday zarurati bo‘lmagan holda tinch ozarbayjonliklarning Xo‘jali shahriga og‘ir harbiy texnikaning keltirilgani, fuqarolarga qarshi qilingan vahshiyliklarga oid tergov materiallari, guvohlarning so‘zlari, shuningdek Armanistonning Xo‘jali qirg‘ini paytida mudofaa vaziri bo‘lgan sobiq prezidenti Sarj Sarkisyaning «Xo‘jalidan avval ozarbayjonliklar armanlarni tinch aholiga ziyon yetkazadigan xalq emas deb bilardilar. Biz bu tushunchani yo‘qqa chiqardik» deya bergan intervyusi uyushtirilgan qatli bedodning tasodif bo‘lmagani, bu qirg‘inni jinoyat sifatida Armaniston tomonidan avvaldan rejalashtirilib, bu o‘lkaning tobeligidagi kuchlar tomonidan amalga oshirilgani haqida hech qanday shubha qoldirmaydi.
Manba: www.aniq.uz