Peskov: Navalniyning jasadini topshirishga Kremlning aloqasi yo‘q
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Aleksey Navalniyning jasadini onasiga topshirishga Kremlning aloqasi yo‘q. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozadi “Report” Rossiya OAVlariga tayanib.
U siyosatchi tarafdorlarining jasadni topshirish vaqtida Kreml ishtiroki haqidagi bayonotini absurd deb atadi:
“Kremlning bunga aloqasi yo‘q, shuning uchun Kreml unga hech qanday bosim o‘tkaza olmaydi. Bu ularning navbatdagi absurd ayblovi. Menimcha, ularning barchasi u yoki bu tarzda qidirilmoqda, deyarli barchasi xorijda, shuning uchun ularning bayonotlariga shunga yarasha munosabatda bo‘lish kerak”.
Eslatib o‘tamiz, rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy 16-fevral kuni Rossiyaning Yamalo-Nenets avtonom okrugiga qarashli Karp aholi punktidagi koloniyada vafot etgan edi.
Manba: www.aniq.uz