O‘zbekiston kamonchilari Bag‘dodda shohsupaga ko‘tarilishdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Iroqning Bag‘dod shahrida kamondan otish bo‘yicha Osiyo kubogining birinchi bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.
Milliy Olimpiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, qit’amizning sara merganlari ishtirokida kechgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham qatnashdi va sportchilarimiz barcha dasturlarda shohsupaga ko‘tarilishdi.
Qizlarimiz jamoaviy dasturda finalgacha yetib borib, har qiluvchi bosqichda hindistonlik raqibalariga imkoniyatni boy berishdi va kumush medallar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, yigitlarimiz jamoaviy, Amirxon Sodiqov va Nilufar Hamroyeva yakkalik, Amirxon Sodiqov hamda Ziyodaxon Abdusattorova mikst dasturida bronza medallariga ega chiqishdi.
Shu tariqa, kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi yilning ilk turnirini 1 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan yakunladi.
Manba: www.aniq.uz