Xitoy Gruziya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Xitoy Gruziya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etishga qaror qildi.
Bu haqda hukumat yig‘ilishida mamlakat bosh vaziri Irakliy Kobaxidze ma’lum qildi, deb yozadi “Report” Gruziya ommaviy axborot vositalariga tayanib.
“Xitoy Xalq Respublikasi Gruziya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etishga qaror qildi. Gruziya fuqarolari Xitoyda 30 kun ketma-ket vizasiz qolishlari mumkin bo‘ladi”, dedi u.
Bosh vazirning fikricha, vizasiz rejim siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyot nuqtai nazaridan yangi imkoniyatlar yaratadi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil iyul oyi oxirida Gruziya va Xitoy ikki tomonlama munosabatlarning yangi bosqichi – strategik sheriklikka o‘tishini e’lon qilgan edi. 12 sentyabrdan boshlab Gruziya Xitoy fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi. Ular Gruziyaga turistik maqsadlarda kirishlari va mamlakatda 30 kungacha qolishlari mumkin.
Manba: www.aniq.uz