softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

OAV: Rossiyada yuzga yaqin dezertir yana harbiy qismdan qochishga urindi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

OAV: Rossiyada yuzga yaqin dezertir yana harbiy qismdan qochishga urindi

Batafsil o'qish:

Krasnodardagi harbiy komendaturadan bor-yo‘g‘i yetti nafar askar qochishga muvaffaq bo‘ldi va ulardan to‘rt nafari tez orada qo‘lga olindi, deb yozadi Rossiya Telegram kanallari. Rossiya Ichki ishlar vazirligi ushbu ma’lumotni tekshirayotganini ma’lum qildi.

Foto: RIA Novosti

18 aprel, juma kuni kechqurun Rossiyaning Baza va «Ostorojno, novosti» Telergam kanallari avvalroq o‘z qismini ruxsatsiz tark etganlikda ayblangan 100 ga yaqin harbiy xizmatchi Krasnodardagi harbiy komendaturadan qochishga uringanini xabar qildi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, bu askarlar «maxsus o‘ralgan hudud»da saqlanayotgan bo‘lsa-da, ular panjarani buzib, komendaturaning asosiy hududiga chiqqan.

Keyinroq Baza'ning aniqlik kiritishicha, yetti nafar askar harbiy qismni tark etishga muvaffaq bo‘lgan va ulardan to‘rt nafari tez orada qo‘lga olingan. «Krasnodar i kray» Telegram kanalida qochib ketgan uch shaxsning tavsifi e’lon qilindi, ular hali ham qidirilmoqda. OAV xabarlariga ko‘ra, ular qurolsiz.

3-Trudovaya ko‘chasida transport harakati to‘xtatildi, u «har tomondan to‘sib qo‘yilgan», xavfsizlik kuchlari barcha mashinalarni tekshirmoqda, deb xabar beradi RBK.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Krasnodarda harbiy xizmatchilarning qochib ketishi ehtimoli haqidagi ma’lumot tekshirilayotganini ma’lum qildi.