Ukrainadan qochgan deputat Isroilda riyeltor bo‘lib ishlamoqda
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Ukrainada korrupsiyada gumon qilingan va xalqaro qidiruvga berilgan “Xalq xizmatkori” partiyasidan shahar kengashi deputati Vladislav Trubisin Isroilda Aron nomi bilan yashirinib, riyeltorlik bilan shug‘ullanadi.
Bu haqda Ukrainaning UNIAN agentligi xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, Trubisin Davlat razvedka boshqarmasining maktubidan so‘ng Ukrainani tark etgan va korrupsiyaga qarshi Oliy sud majlisidan uch kun oldin Polsha bilan chegarani kesib o‘tgan.
Qayd etilishicha, uning Kiyevda savdo ruxsatnomalari bilan “muammolarni hal qilgani” uchun pora olgani haqidagi ishi ko‘rib chiqilmoqda.
Manba: www.aniq.uz