Navalniy bilan vidolashuv marosimi hafta oxirida o‘tkazilishi mumkin
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Aleksey Navalniy bilan vidolashuv shu ish haftasi oxiriga rejalashtirilgan va muxolifatchining tarafdorlari uni o‘tkazish mumkin bo‘lgan joyni qidirmoqda. Bu haqda 26 fevral, dushanba kuni Navalniyning matbuot kotibi Kira Yarmish ma’lum qildi.
«Biz Aleksey bilan xayrlashuv marosimi uchun zal qidirmoqdamiz. Vaqt: shu ish haftasi oxiri. Agar sizda mos joy bo‘lsa, biz bilan bog‘laning», - deb yozgan Yarmish X ijtimoiy tarmog‘ida.
Avvalroq bir qancha Telegram-kanallar, jumladan, Mash ham Aleksey Navalniyning dafn marosimi 29 fevralga belgilangani haqida xabar bergan edi. Korrupsiyaga qarshi kurashish jamg‘armasi (FBK) direktori Ivan Jdanov bu xabarlarni yolg‘on deb atadi. «29 fevraldagi dafn marosimi va «marosim haqidagi ba’zi kanallar» haqidagi barcha ma’lumotlar - feyk. Yuliya Navalnayaning tgdagi ba’zi kanallari kabi - ular ham feyk», - deb yozdi u Telegram’da.
Aleksey Navalniy Yamal-Nenes avtonom okrugi Xarp qishlog‘idagi 3-sonli «Polyarniy volk» axloq tuzatish koloniyasida vafot etgani 16 fevral kuni ma’lum bo‘ldi. Navalniyning jasadi onasi Lyudmila Navalnayaga faqat 24 fevral kuni berildi. Bundan oldin tergovchilar uni shantaj qilib, yashirin dafn marosimini o‘tkazishni talab qilgan.
Manba: www.aniq.uz