softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Makron Ukrainada fransuz quruqlikdagi qo‘shinlaridan foydalanish ehtimolini istisno etmadi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Makron Ukrainada fransuz quruqlikdagi qo‘shinlaridan foydalanish ehtimolini istisno etmadi

Batafsil o'qish:

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukraina hududida fransuz quruqlikdagi qo‘shinlaridan foydalanish ehtimolini inkor etmadi. «Bugungi kunda quruqlikdagi qo‘shinlarni (Ukrainaga) rasman yuborish masalasida konsensus yo‘q, ammo hech narsani inkor etib bo‘lmaydi», - dedi Makron Parijda Ukrainaga yordam bo‘yicha konferensiya yakunida.

«Rossiya bu urushda g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun hamma narsa qilinadi», deya Fransiya prezidentining so‘zlaridan iqtibos keltirgan dpa agentligi. Avvalroq Makron Ukraina uchun ko‘proq qurol-yarog‘ va resurslar berishga chaqirgan edi. Yigirmaga yaqin davlat va hukumat rahbarlari, jumladan, Kanada va AQSh vakillari ishtirok etgan konferensiya boshlanishidan oldin chiqish qilgan Fransiya prezidenti bugungi kunda barchaning xavfsizligi «tahdid ostida» ekanini aytdi.

Makron ta’kidlaganidek, Rossiyaning xatti-harakati endi siyosiy darajada ham, Ukrainaga qarshi urush paytida ham keskinlashmoqda, shuning uchun Ukrainani qo‘llab-quvvatlagan har bir kishi «jamoaviy harakat» qilishi kerak. Shu bilan birga, u «rus xalqi bilan urushga kirishni» istamasligini ta’kidladi.

Slovakiya bosh vaziri: G‘arb Ukrainaga harbiylar yuborish masalasini «ko‘rib chiqmoqda»

Avvalroq, Slovakiyaning mashhur rossiyaparast bosh vaziri Robert Fiso Makron tomonidan chaqirilgan konferensiya uchun Parijga jo‘nab ketishdan oldin Bratislavada so‘zlagan nutqida, ba’zi G‘arb davlatlari o‘z askarlarini «Ukraina hududiga ikki tomonlama shartnomalar asosida yuborishni ko‘rib chiqayotganini» aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap «bir nechta davlatlar – NATO va YEI a’zolari» haqida ketmoqda, Fiso esa «maxfiy ma’lumotlar»ga tayanib, ular qaysi davlatlar ekanligini aniqlashtirmadi, deb yozadi AFP.

Parijdagi konferensiya natijalari
Manba: www.aniq.uz