softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Bayden lavozimidan chetlashtirilishi mumkin

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Bayden lavozimidan chetlashtirilishi mumkin

Batafsil o'qish:

AQSh Kongressi vakillar palatasining a’zosi Ken Bak prezident Jo Baydenning “aqliy chidamliligi” bilan bog‘liq xavotirlar tufayli uni lavozimidan chetlashtirishga chaqirdi. Bu haqda Fox News xabar berdi.

Bak prezidentni lavozimidan chetlashtirish (AQSh Konstitusiyasiga 25-o‘zgartirishni kiritish) to‘g‘risidagi rezolyusiyani Kongressga taqdim qilmoqchi. U bu qadamning asosiy sababi sifatida prokuror Robert Xurning Baydenning maxfiy hujjatlar bilan ishlashi haqidagi hisobotini keltirgan. Hisobotda prezidentga qarshi hech qanday ayblovlar yo‘q, biroq u bir necha bor Baydenni “xotirasi yomon qarigan yetakchi” sifatida tavsiflagan.

“Hisobotda keltirilgan ko‘plab misollar prezident Baydenning kognitiv zaiflashuvi va aqliy chidamliligi yo‘qligini aniq ko‘rsatib turibdi”, — deydi Ken Bak.

So‘nggi paytlarda AQShda prezidentning ruhiy salomatligi mavzusi faol muhokama qilinmoqda. Ayrim kuzatuvchilar yoshga bog‘liq o‘zgarishlar va kognitiv pasayish belgilari tufayli uning davlat rahbari lavozimini egallash qobiliyatiga shubha bildirgan.




Manba: www.aniq.uz