Ukraina Norvegiya bilan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Ukraina va Norvegiya xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvni muhokama qila boshladi. Bu haqda Vladimir Zelenskiyning saytida chop etilgan nashrda aytiladi.
Xabarda qayd etilishicha, ushbu muzokaralarni olib borish Zelenskiy idorasi rahbari o‘rinbosari Igor Jovkvaga topshirilgan.
Norvegiya delegasiyasiga Norvegiya Tashqi ishlar vazirligining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kristian Sise boshchilik qildi.
“Tomonlar bo‘lajak kelishuvning asosiy tarkibiy elementlari va bloklarini muhokama qildilar va kelgusidagi ishlar jadvalini kelishib oldilar”, — deyiladi nashrda.
Manba: www.aniq.uz