softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekiston vakili BMT Kengashining 55-sessiyasida so‘zga chiqdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

O‘zbekiston vakili BMT Kengashining 55-sessiyasida so‘zga chiqdi

Batafsil o'qish:

2024 yil 26 fevral kuni Jenevada Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 55-sessiyasi boshlandi. Sessiyaning Oliy darajadagi segmentida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov so‘zga chiqdi.

O‘zbekiston vakili mamlakatimizda qonun ustuvorligi, demokratiya va inson huquqlarini ta’minlash sohalarida islohotlarni yanada chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari haqida to‘xtaldi. O‘tgan yil aprelida umumxalq referendumida qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida Yangi O‘zbekistonning tub mohiyatini tavsiflovchi “beshta ustun” belgilandi. Bu o‘rinda davlatimizning qat’iy va sobit taraqqiyot yo‘li va kelajagini o‘zida aks ettirgan “suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat” maqomi haqida so‘z bormoqda.

Yangi tahrirdagi Konstitusiyamizdagi inson huquqlariga oid qoidalar Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi va boshqa xalqaro hujjatlarga to‘liq mos keladi. Konstitusiyada o‘lim jazosini qo‘llash rasman taqiqlangan.

E’tiborlisi, Konstitusiyamizda birinchi marta inson huquqlari bo‘yicha ham xalqaro, ham milliy organlarga murojaat qilish huquqi kafolatlandi. “Miranda qoidalari” va “Xabeas korpus” kabi xalqaro miqyosda tan olingan yuridik institutlar konstitusiyaviy mustahkamlandi. Shuningdek, bepul yuridik yordam ko‘rsatishni nazarda tutadigan “Pro bono” instituti ham konstitusiyaviy maqomga ega bo‘ldi.

Yangi Konstitusiyada birinchi marta fuqarolarning konstitusiyaviy shikoyatlari instituti mustahkamlandi. O‘zbekiston o‘zining xalqaro majburiyatlarini faol bajarib, fuqarolarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirmoqda, sud-huquq bazasini isloh qilmoqda. Sud-huquq tizimini rivojlantirishning qisqa muddatli strategiyasi va Harakatlar rejasi tasdiqlandi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish sohasida salmoqli natijalarga erishildi. Mamlakatimizda majburiy mehnat va bolalar mehnatiga butunlay barham berildi. Yangi tahrirdagi Konstitusiyamizga ko‘ra, endilikda nafaqat bolalar mehnati va majburiy mehnatni taqiqlash kafolatlandi, balki bunday huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik ham joriy etildi. Mamlakatimizda ayollar va voyaga yetmaganlarni zo‘ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan alohida qonun qabul qilingan.
Manba: www.aniq.uz