Ozarbayjondagi mehnat migrantlari muammolari o‘rganildi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
O‘zbekiston diplomatlari Boku shahridagi «Ilk Insaat» qurilish kompaniyasida vaqtincha ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdilar, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Muloqot chog‘ida hamyurtlarimiz duch kelayotgan muammo va qiyinchiliklar xususida fikr almashildi. Ishtirokchilarga konsullik va huquqiy masalalar bo‘yicha tegishli maslahatlar, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatimiz tomonidan chet eldagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning haq-huquqlari himoyasini mustahkam ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Migrasiya siyosatini takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar, xususan, davlatimiz rahbarining «Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonining mazmun-mohiyati ta’kidlandi.
Shuningdek, xorijdagi yurtdoshlar bilan munosabatlarni yanada mustahkamlash va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan «Vatandoshlar» jamoat fondi faoliyati haqidagi ma’lumotlar aytib o‘tildi.
Uchrashuv yakunida «Uz-Az Mehnat Muxojirlari» telegram-kanali orqali muntazam muloqotni davom ettirish bo‘yicha kelishib olindi.
Manba: www.aniq.uz