softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

G‘azo sektorida sulh 4 martdan boshlanishi mumkin — Reuters

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

G‘azo sektorida sulh 4 martdan boshlanishi mumkin — Reuters

Batafsil o'qish:

Agentlikning manbalarga tayanib xabar berishicha, HAMAS guruhi Misr, Qatar, AQSh va Isroil ishtirokida G‘azo sektoridagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha muzokaralar yakunlari bo‘yicha shunday taklif oldi.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, agar taklif qabul qilinsa, G‘azo sektorida harbiy harakatlar 40 kunga to‘xtatiladi. Kelishuv, shuningdek, HAMAS tomonidan garovga olingan 40 nafar isroillikni ozod qilishni ham o‘z ichiga oladi. Isroil o‘z navbatida 400 nafar falastinlik mahbusni ozod qiladi. Bundan tashqari, G‘azo sektoriga har kuni insonparvarlik yordami yuklangan 500 yuk mashinasi kiritiladi.

Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden 4 martgacha G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga erishish mumkinligiga umid qilishini bildirgan edi.

Reuters agentligining da’vo qilishicha, amerikalik muzokarachilar musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyining boshlanishiga (10 mart kuni) qadar G‘azoda sulhga erishishga qat’iy intilishgan.




Manba: www.aniq.uz