Nyu-Yorkda Baydenga qarshi 50 ga yaqin namoyishchi hibsga olindi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
AQShning Isroilni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Amerika prezidenti Jo Baydenga norozilik bildirgan 50 ga yaqin Falastin tarafdori faol Nyu-Yorkda hibsga olindi.
Yuzlab namoyishchilar Manxettendagi Rockefeller Plazadagi NBC qabulxonasiga bostirib kirib, Baydenni amerikalik komediyachi va teleboshlovchi Set Meersni qabul qilishiga to‘sqinlik qilishdi.
Asosan yahudiylardan bo‘lgan Falastin tarafdorlari faollar NBC binosi foyesida bannerlarni ochib, o‘tirib namoyish uyushtirishdi. Namoyishchilar genosidda ayblangan Isroilni «zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish»ga, Bayden esa Tel-Avivga yordam berishni to‘xtatishga chaqirdi.
Namoyishchilarning bannerlaridan birida «Yahudiylardan Baydengacha: Xolokostni qurollantirishni to‘xtating» deb yozilgan.
Ayni paytda Nyu-York polisiya departamenti (NYPD) televideniye binosi atrofida va uning qabulxonasida keng qamrovli xavfsizlik choralarini ko‘rdi. Polisiya 50 ga yaqin namoyishchini hibsga oldi.
Manba: www.aniq.uz