softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Xitoyda robotlar va odamlar yugurish musobaqasida bellashdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Xitoyda robotlar va odamlar yugurish musobaqasida bellashdi

Batafsil o'qish:

G‘olib robot 2 soat-u 40 daqiqada marra chizig‘ini kesib o‘tdi. Bu eng tez kelgan odamning natijasidan 2,5 barobar sekinroq. Yugurishda 12 ming sportchi va 20 ta odamsimon robot ishtirok etgan.

Foto: The Global Times

Pekinda o‘tkazilgan yarim marafonda tarixda birinchi marta odamlar odamsimon robotlar bilan raqobatlashdi. Marra chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tgan robot Milliy robototexnika markazi tomonidan ishlab chiqilgan Tiyen Kung Ultra bo‘ldi, deb yozadi The Global Times.

Yugurish musobaqasiga 12 mingga yaqin odam, shuningdek, 20 ta robot keldi. G‘olib robot ishtirokida o‘tkazilgan. G‘olib Tiyen Kung Ultra roboti 2 soat-u 40 daqiqada marra chizig‘ini kesib o‘tdi. Erkaklar o‘rtasidagi eng yaxshi natija 1 soat 2 daqiqa, ayollar o‘rtasida esa 1 soat 11 daqiqani tashkil qilgan.

Robotlarga ham odamlar kabi yo‘lda to‘xtashga ruxsat berildi. Odamlar dam olib, suv zaxiralarini to‘ldirgandan keyingina robotlarning akkumulyatorlari o‘zgartirildi, deya qayd etadi CNN.

Tiyen Kung Ultra “charchoq alomatlarini ko‘rsatmasdan” marra chizig‘ini kesib o‘tdi, deb yozadi nashr. Yakunda marafon ishtirokchilari g‘olib bo‘lgan robot atrofiga yig‘ilib, suratga tushishgan.