softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi

Batafsil o'qish:

AQShda qo‘lga olingan venesuelalik noqonuniy migrantlar Salvadordagi qamoqxonada saqlanmoqda. Mamlakat prezidenti ularni Venesueladagi «siyosiy mahbuslar»ga almashish taklifini berdi.

Foto: Anadolu via Getty Images

Salvador prezidenti Nayib Bukele AQSh deportatsiya qilayotgan venesuelalik noqonuniy migrant va jinoyatchilarni Venesuela qamoqxonalarida saqlanayotgan «siyosiy mahbuslar»ga almashish niyatida.

Salvador fevral boshlarida o‘z qamoqxonalariga AQShda qo‘lga olingan noqonuniy migrantlarni joylashtirishga rozi bo‘lgandi. Bundan tashqari, Bukele qo‘shimcha haq evaziga Qo‘shma Shtatlarda sudlangan jinoyatchilarni ham qabul qilishga tayyorligini bildirgan. Ularning barchasi «megaqamoqxona» nomi bilan mashhur Terrorchilarni saqlash markaziga yuboriladi.

Venesuela hukumati AQShda o‘z fuqarolarining ommaviy ravishda chiqarib yuborilishini ularning «repatriatsiyasi» deb atab, buni Nikolas Maduro va Donald Tramp o‘rtasidagi diplomatik muvaffaqiyat va do‘stona munosabatlar natijasi deya ta’kidlamoqda.

Salvador prezidenti X ijtimoiy tarmog‘i orqali «252 ga 252» sxemasi bo‘yicha «jinoyatchi»larni «siyosiy mahbuslar»ga almashish taklifini bildirdi. Salvador Vashington bilan kelishuv doirasida aynan shuncha venesuealikni qabul qilgan. «Bizdagi mahkumlarning ko‘pchiligi odam o‘ldirgan, ba’zilari — zo‘rlagan, boshqalari esa bir necha marta hibsga olingandan so‘ng deportatsiya qilingan. Lekin sizlardagi siyosiy mahbuslar hech qanday jinoyat sodir etmagan. Ular faqat bir sabab — sizga va saylovdagi qallobliklaringizga qarshi chiqqanliklari uchun qamoqda», — deb yozadi Bukele.

Venesuela bosh prokurori Tarek Uilyam Saab Bukelening taklifini «beadablik» deb atadi va Salvadordagi «megaqamoqxona»da saqlanayotgan barcha venesuelaliklar ro‘yxatini talab qildi.