softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

WP: Ilon Mask Hukumat samaradorligi departamentini tark etishga tayyorlanmoqda

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

WP: Ilon Mask Hukumat samaradorligi departamentini tark etishga tayyorlanmoqda

Batafsil o'qish:

Manbalarning ta’kidlashicha, federal agentliklar xodimlariga allaqachon Ilon Mask jamoasining talablarini e’tiborsiz qoldirishga ruxsat berilgan.

Foto: The Washington Post

Ilon Mask Hukumat samaradorligi departamentini (DOGE) tark etishni rejalashtirmoqda, deb yozadi The Washington Post. Federal agentliklar xodimlariga allaqachon Ilon Mask jamoasining talablarini e’tiborsiz qoldirishga ruxsat berilgan.

Mask AQSh hukumatidagi lavozimni aynan qachon tark etishi noma’lum. WP’ning qayd etishicha, uning davlat xizmatchisi maqomi may oxirida tugaydi. Nashr suhbatdoshlarining aytishicha, milliarder «siyosiy so‘llar hujumini qaytarishdan charchagani» uchun lavozimdan ketishga qaror qilgan.

Shu bilan birga, WP manbasining so‘zlariga ko‘ra, Ilon Mask o‘zining lavozimdan ketishi DOGE faoliyatini kuchsizlantirib qo‘ymaydi deb hisoblamoqda.

Shuningdek, ko‘plab federal idoralar DOGE ko‘rsatmalarini e’tiborsiz qoldirayotgani ma’lum bo‘ldi. Fevral oyida Ilon Mask har bir federal xizmatchidan besh kunlik ishi davomida erishgan natijalari to‘g‘risida har hafta hisobot berib turishi so‘ralgan xatlarni yo‘llagan edi. Kadrlar siyosati boshqarmasi xodimlarga hisobotni bajarmaganlar javobgarlikka tortilmasligini ma’lum qilgandi.

Aprel boshlarida AQSh prezidenti Donald Tramp milliarder Ilon Mask davlat ishiga vaqtincha yollanganini va 130 kun ishlaganidan keyin ketishini aytgan edi. Trampning ta’kidlashicha, Tesla va SpaceX egasi Mask o‘z kompaniyalarini boshqarishga qaytishi kerak. Ammo prezident uni imkon qadar uzoq muddat ushlab turishni istaydi, chunki uning «zakovati va qilgan ishlarini juda qadrlaydi».