softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Putin birinchi marta Ukraina bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Putin birinchi marta Ukraina bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi

Batafsil o'qish:

2022 yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga to‘liq miqyosli bosqini ilk kunlaridan buyon tomonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar bo‘lmagan.

Foto: Reuters

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan beri birinchi marta ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi.

Reuters xabariga ko‘ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Putinning tashabbusiga javob bermagan bo‘lsa-da, Ukraina o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha «har qanday suhbatga tayyorligini» ta’kidlagan.

Nashrning qayd etishicha, Putinning bu bayonoti AQSh bosimi ostida yangragan, agar bu borada hech qanday muvaffaqiyatga erishilmasa, Qo‘shma Shtatlar tinchlikka erishish harakatlaridan voz kechish bilan tahdid qilgan.

«Biz har qanday tinchlik tashabbusiga ijobiy munosabatdamiz. Umid qilamizki, Kiyev rejimi vakillari ham shuni his qilishadi», dedi Putin.

Keyinroq, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov prezident so‘zlarini shunday izohladi: «Putin tinch aholi nishonlariga zarba bermaslik masalasini, jumladan, ikki tomonlama asosda muhokama qilish mumkinligini aytganida, u Ukraina tomoni bilan muzokaralar va muhokamalar olib borishni nazarda tutgan edi».

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya mojaroga tinch yo‘l bilan yechim topish uchun ochiqligicha qolmoqda. Peskov Amerika tomoni bilan ish olib borilayotganini eslatib o‘tdi va bu «natija berishiga» umid bildirdi.

Ta’kidlanishicha, 2022 yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga to‘liq miqyosli bosqini ilk kunlaridan buyon tomonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar bo‘lmagan.

O‘tgan hafta oxirida AQSh prezidenti Donald Tramp va Davlat kotibi Marko Rubio bir necha kun ichida muvaffaqiyatga erisha olmasa, tinchlik muzokaralaridan voz kechishi mumkinligini aytgan edi. Shundan so‘ng Tramp ikki tomon «shu haftada» tinchlik kelishuviga erishishini bashorat qildi.