softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome brauzerini sotishni talab qilmoqda

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome brauzerini sotishni talab qilmoqda

Batafsil o'qish:

AQShda Googleʼning qidiruv tizimlari bozoridagi hukmronligi ustidan antimonopoliya sud jarayoni boshlandi.

Foto: Bloomberg

AQSh Federal sudi Googleʼning onlayn qidiruvdagi monopoliyasi bo‘yicha sud jarayonini boshladi. Mamlakat Adliya vazirligi sudni kompaniyaga nisbatan qat’iy choralar ko‘rishga va uning biznesini bo‘lib yuborishga chaqirmoqda, deb yozadi The Wall Street Journal.

Qayd etilishicha, sud majlisini ilgari Google monopoliyasini noqonuniy deb tan olgan sudya Amit Mexta olib bormoqda. Adliya vazirligi vakili Devid Dalkvist sud internetning butun bir avlod tomonidan shakllangan hukmronligiga chek qo‘yishi mumkinligini ta’kidladi.

Ushbu amaliyotga barham berishning asosiy vositasi sifatida Adliya vazirligi Chrome brauzerini majburiy sotishni talab qilmoqda. Shuningdek, kompaniyadan raqobatchilarga foydalanuvchi ma’lumotlariga kirish huquqini berish ham so‘ralyapti.

2024 yil 5 avgust kuni AQShning Kolumbiya okrugi sudi federal sudyasi Amit Mexta Google kompaniyasi onlayn qidiruv tizimi bozoridagi monopoliyasini saqlab qolish uchun noqonuniy faoliyat yuritgani to‘g‘risida qaror chiqargandi. Shundan so‘ng Adliya vazirligi Google’ni bo‘lib yuborish bo‘yicha talab qo‘yish imkoniyatini faol ko‘rib chiqa boshladi. 

Sud qarorida keltirilishicha, Google’ga egalik qiluvchi Alphabet kompaniyasi boshqa texnologik gigantlarga o‘z qidiruv tizimi smartfon va brauzerlarga standart variant sifatida o‘rnatilishi uchun 26 milliard dollar to‘lagan, bu orqali kompaniya raqobatchilarining bozorda muvaffaqiyatga erishishiga imkoniyat qoldirmagan.

Avvalroq AQSh sudi Googleʼni onlayn reklama bozorida monopolist deb topgandi. Sudyaning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyaning reklama birjalari va serverlar bozoridagi monopoliyasi Sherman nomli antimonopoliya qonunini buzadi.