softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

EI qarorgohi yaqinida fermerlar bilan polisiya to‘qnashdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

EI qarorgohi yaqinida fermerlar bilan polisiya to‘qnashdi

Batafsil o'qish:

Fermerlar Yevropa bo‘ylab bir necha haftadan beri qog‘ozbozlik va arzon import raqobatiga qarshi norozilik bildirmoqda.

Belgiyada Yevropa Ittifoqi davlatlari qishloq xo‘jaligi vazirlari bilan muammolarni hal qilish yo‘lini izlash uchun yig‘ilgan dehqonlar polisiya bilan to‘qnashdi. Namoyishchilar ofiserlarga suyuq go‘ng sepib, shinalarga o‘t qo‘yishdi. Bryussel polisiyasi ma’lum qilishicha, shaharga 900 ta traktor kirgan, ba’zilari vazirlar yig‘ilish o‘tkazayotgan Yevropa kengashi binosiga zarba bergan. Shuningdek, fermerlar Yevropa kvartaliga olib boradigan asosiy yo‘llar bo‘ylab, traktorlardan foydalangan holda, tirbandlik yuzaga keltirgan va jamoat transporti yo‘lini to‘sib qo‘ygan.

Shanba kuni Parij qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi ochilish marosimida Emmanuel Makron ham norozilikka uchradi. Fermerlar fikriga ko‘ra,Prezident ularni yetarlicha qo‘llab-quvvatlamayapti.

Bryusseldagi anjuman ishtirokchilari fermerlar xavotirini tan olishgan. Belgiya qishloq xo‘jaligi vaziri David Klarinval namoyishchilar zo‘ravonlikdan tiyilishi zarurligini aytib, namoyish muammoning yechimi emasligini ta’kidlagan.




Manba: www.aniq.uz