softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Avstraliyada yuzlab koalalar vertolyotdan turib o‘qqa tutildi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Avstraliyada yuzlab koalalar vertolyotdan turib o‘qqa tutildi

Batafsil o'qish:

O‘rmon yong‘inlaridan keyin ko‘plab hayvonlar og‘ir jarohat olgan. Avstraliya rasmiylari koalalarni azobdan qutqarish maqsadida ularni otib o‘ldirish bo‘yicha qaror qabul qilgan.

Foto: Shutterstock

Avstraliyaning Viktoriya shtatida o‘tgan oy davomida 750 ga yaqin koala otib o‘ldirildi, deb xabar beradi Sky News.

Qayd etilishicha, Budj Bim milliy bog‘idagi yuzlab hayvonlar o‘rmon yong‘inidan keyingi rejalashtirilgan tadbirlar doirasida yo‘q qilingan. O‘tgan oy yong‘in natijasida u yerda 2 mingga yaqin butazor yakson bo‘lgan. Mahalliy hukumatning ta’kidlashicha, ularda shunday yo‘l tutishdan boshqa chora qolmagan — ko‘plab koalalar og‘ir jarohat olgan, suvsizlikdan azoblangan va ochlikdan o‘lar holatga kelib qolgan.

Vertolyotdan turib hayvonlarni o‘qqa tutish operatsiyasi shtatda birinchi marta amalga oshirilgan. Shtat bosh vaziri Jasinta Allaning so‘zlariga ko‘ra, nishonga olingan koalalar og‘ir ahvolda bo‘lgan. Siyosatchi ularni yo‘q qilish qarori tegishli baholashlardan keyin qabul qilinganini bildirdi.

Rasmiylarning bu kabi harakati ayrim hayvon himoyachilari tomonidan tandiq ostiga olindi. Koala Alliance rahbari Jyess Roberson vertolyotdan turib koalaning ahvoli qanday ekanini aniqlash mumkinligiga shubha bildirgan. Hayvonlar uchun adolat partiyasi vakili Jorjia Persell esa vertolyotdan turib hatto koala o‘z xaltasida bolasini ko‘tarib yurgan yoki yurmagani ham ko‘rinmasligini ta’kidlagan. Ya’ni bu kabi holatda koala bolalari ham jabrlanishi mumkin.