softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Pokiston va Hindiston harbiylari chegarada to‘qnashdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Pokiston va Hindiston harbiylari chegarada to‘qnashdi

Batafsil o'qish:

Otishma 24 aprel kuni kechqurun, qurolli jangarilar Pahalgam shahrida sayyohlarga hujum qilganidan bir necha kun o‘tib sodir bo‘lgan.

Foto: AP

Pokiston qo‘shinlari Jammu va Kashmir nazorat chizig‘idagi Hindiston chegara postlarini o‘qqa tutdi, deb xabar berdi NDTV. Hindiston xavfsizlik kuchlari «ta’sirli javob qaytargan», manbalar qurbonlar yo‘qligini aytdi.

Otishma 24 aprel kuni kechqurun, qurolli jangarilar Pahalgam shahrida sayyohlarga hujum qilganidan bir necha kun o‘tib sodir bo‘lgan. Hudud Hindiston tomonidan nazorat qilinadi, lekin uzoq vaqtdan beri Pokiston ham unga da’vo qilib keladi. Hujum oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi, yana o‘nlab kishilar yaralandi. Hujum uchun javobgarlikni Pokistonda joylashgan «Lashkari-Toyba» terrorchilik tashkiloti bo‘limi bo‘lgan Qarshilik fronti o‘z zimmasiga oldi.

Hujum ikki qo‘shni o‘rtasida yangi inqirozni keltirib chiqardi. Hindiston hukumati Pokistonga qarshi qator qattiq choralar ko‘rdi, jumladan, diplomatlarni chiqarib yuborish va Hind daryosi suvlari taqsimoti bo‘yicha shartnomani to‘xtatib qo‘yish kabi. Yangi Dehli buni hech qachon, hatto Islomobod bilan ochiq mojarolar paytida ham to‘xtatmagan edi. 1960 yilgi kelishuv Kashmirdan boshlanuvchi Hind havzasidagi olti daryo suvlarining taqsimlanishini tartibga soladi.

Pokiston ham javob choralarini ko‘rdi. Rasmiylar Hindistonning Hind daryosidan suv oqimini to‘xtatishga urinishini urush harakati sifatida qabul qilishini aytdi. Mamlakatning qishloq xo‘jaligi va energetikasi ko‘p jihatdan suv ta’minoti barqarorligiga bog‘liq.