softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Gurjiston sobiq bosh vaziri va hukmron partiya raisi Irakliy Garibashvili siyosatdan ketishini e’lon qildi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Gurjiston sobiq bosh vaziri va hukmron partiya raisi Irakliy Garibashvili siyosatdan ketishini e’lon qildi

Batafsil o'qish:

Garibashvili xususiy sektorda ishlashda davom etadi, biroq u tafsilotlarni oshkor qilmadi. Shuningdek, u partiya raisligi lavozimini kim egallashiga ham aniqlik kiritmadi.

Foto: AP/TASS

Hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi raisi Irakliy Garibashvili lavozimni tark etib, siyosatdan ketishini e’lon qildi.

Men endi partiya raisi lavozimida va umuman siyosatda qolish zaruratini ko‘rmayapman, shuning uchun «Gurjiston orzusi» raisligi va siyosatdan ketishga qaror qildim. Vatanimga boshqa pozitsiyadan xizmat qilishda davom etaman», — deydi Garibashvili.

Garibashvilining so‘zlariga ko‘ra, u xususiy sektorda ishlashda davom etadi, biroq tafsilotlarni oshkor qilmadi. Shuningdek, u partiya raisligi lavozimini kim egallashiga ham aniqlik kiritmagan. Shu bilan birga, Garibashvili siyosatga «Gurjiston orzusi»ga muxolif sifatida qaytish ehtimolligini ham rad etib, «Bidzina Ivanishvili jamoasi va mamlakat uchun sodiq askarligicha qolishini» ma’lum qildi.

«Gurjiston orzusi» partiyasi hokimiyat tepasiga kelganidan keyin Irakliy Garibashvili ikki marta mamlakat bosh vaziri lavozimini egallagan (2013-2015 yillar va 2021-2024 yillar), ichki ishlar vaziri (2012-2013) va mudofaa vaziri (2019-2021) bo‘lgan. 2024 yil fevraldan beri Garibashvili «Gurjiston orzusi» raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

«Gurjiston orzusi» partiyasi Gurjistonni 2012 yildan beri boshqarib keladi, u muntazam ravishda rossiyaparast qarashlari va Kremlga yaqinligi uchun ayblanadi. 2024 yil oktyabrda partiya parlament saylovlarida g‘alaba qozongan. Muxolifat ovoz berish natijalarini tan olmagan.