softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Amerikalik sobiq kongressmen Jorj Santos firibgarlik uchun yetti yilga qamaldi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Amerikalik sobiq kongressmen Jorj Santos firibgarlik uchun yetti yilga qamaldi

Batafsil o'qish:

U saylovoldi kampaniyasi uchun to‘plangan xayriya pullarini qimmatbaho kiyimlar sotib olishga va qarzlarini to‘lashga sarflagan. Santos AQSh tarixida Kongressdan chetlatilgan oltinchi Vakillar palatasi a’zosi hisoblanadi.

Foto: AP

Nyu-York federal okrug sudi AQSh Kongressi Vakillar palatasining sobiq a’zosi, respublikachi Jorj Santosni firibgarlik va shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashda aybdor deb topib, uni ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda Politico xabar berdi.

Sud qaroriga ko‘ra, Kongressda bir yildan kamroq ishlagan va ko‘plab yolg‘onlar hamda soxtalashtirishlarga aloqador Santos yetti yilu uch oy qamoq jazosini o‘taydi.

Jorj Santos 2022 yilning kuzida Vakillar palatasiga saylangan edi. 2022 yil dekabr oyida The New York Times gazetasi uning Kongressga saylanish uchun o‘z tarjimai holi faktlarini soxtalashtirgani haqida surishtiruv e’lon qilgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, u saylovoldi kampaniyasi uchun to‘plangan xayriya pullarini qimmatbaho kiyimlar sotib olishga va qarzlarini to‘lashga sarflagan. Shuningdek, u o‘zini ishsiz deb ro‘yxatga qo‘ygan va nafaqa olgan, aslida esa investitsiya kompaniyasida ishlagan.

Prokuratura unga firibgarlik, pul yuvish, budjet mablag‘larini o‘g‘irlash va Vakillar palatasiga yolg‘on ma’lumot berish bo‘yicha ayblovlar qo‘ygan. U 2023 yil may oyida qo‘lga olingan, dekabr oyida esa Kongressdan chetlatilgan edi.

Jorj Santos — AQSh tarixida Kongressdan chetlatilgan oltinchi Vakillar palatasi a’zosi hisoblanadi. Bu boradagi ovoz berish jarayoni 2023 yil dekabrda — 20 yil ichida birinchi marta bo‘lib o‘tgandi. 2024 yil avgust oyida u prokuratura bilan kelishuvga borib, ba’zi ayblovlarni tan olgan va 370 ming dollar miqdorida jarima to‘lashga rozi bo‘lgan edi.