Vankunverda avtomobil odamlarni bosib ketdi. Qurbonlar va yaradorlar bor
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Vankuver shahrida avtomobil festivalga to‘plangan odamlar ustiga haydalishi oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi. Politsiya mashinani boshqargan 30 yoshli shaxsni qo‘lga oldi.
Foto: Videodan kadr
Vankuverda avtomobil ko‘cha festivalidagi odamlar ustiga haydalishi oqibatida bir necha kishi halok bo‘ldi va jarohat oldi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib CBC News xabar berdi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil 26 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00 larda odamlarni bosib ketgan. Bu Lapu-Lapu kuni (ispan mustamlakachilariga qarshi kurashgan filippinlik sardor Lapu-Lapu sharafiga uyushtiriladigan bayram) munosabati bilan o‘tkazilayotgan festival vaqtida sodir bo‘lgan.
Mashinani boshqargan shaxs hibsga olingan. Politsiya hodisa sabablari yoki qo‘lga olingan shaxs nima uchun buni amalga oshirgani bo‘yicha versiyalarni e’lon qilmadi.
CBC News ijtimoiy tarmoqlarda hodisa joyidan videolar tarqalganini qayd etdi. Unda odamlarga yordam ko‘rsatayotgan qutqaruvchilar, shuningdek, yerda yotgan bir necha kishi tasvirlangan. Taxminlarga ko‘ra, ular jarohat olganlar fuqarolar bo‘lishi mumkin.
Mazkur hodisadan bir necha soat oldin Kanada Yangi demokratik partiyasi festivalda o‘zining saylovoldi tadbirini o‘tkazgan edi.
Vankuver politsiyasining ma’lum qilishicha, festivalda yuz bergan holat terrorchilik akti emas. Qo‘lga olingan shaxs — ushbu shaharda yashovchi 30 yoshli fuqarodir.
Global News’ning yozishicha, hodisa oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘lgan, ular orasida bir nafar bola ham bor. Shuningdek, yana olti kishi jarohat olgan.