softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Uch daqiqa jismoniy faollik yurak kasalliklari xavfini kamaytirishi aniqlandi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Uch daqiqa jismoniy faollik yurak kasalliklari xavfini kamaytirishi aniqlandi

Batafsil o'qish:

Bu albatta, «murakkab» mashg‘ulotlar bo‘lishi shart emas. Uy tozalash, do‘konga borib-kelish yoki bog‘da ishlash kabi yumushlar ham kasallik xavfsini sezilarli darajada kamaytiradi.

Foto: Shutterstock

Kuniga atigi uch daqiqa jismoniy faollik keksalarda yurak-qon tomir kasalliklari va vafot etish xavfini kamaytiradi. Sidney universiteti olimlari shunday xulosaga keldi.

Qayd etilishicha, avvalgi tadqiqotlar shuni ko‘rsatganki, hatto maxsus mashg‘ulotlarsiz ham odamlar sog‘lig‘ini yaxshilashi mumkin, agar ular muntazam ravishda «murakkab» kundalik harakatlarni bajarsa. Bunga uy tozalash, do‘konga borib-kelish yoki bog‘da ishlash kabi faoliyatlar kiradi. Olimlar bunday harakatlarni «tasodifiy» jismoniy faollik deb ataydi.

Yangi ish doirasida tadqiqotchilar taxminan 62 yosh atrofidagi 24 mingdan ortiq odamning ma’lumotlarini tahlil qilgan. Ma’lumotlar Buyuk Britaniya Biobankidan — inson biologik namunalarining yirik omboridan olingan.

Tadqiqot ishtirokchilarining barchasi o‘z jismoniy faollik darajasini past deb baholagan. Haqiqiy faollik darajasini aniqlash uchun ular yetti kun davomida bilagiga harakatni o‘lchaydigan akselerometr qurilmasini taqib yurgan.

Natijada, kuniga hech bo‘lmaganda o‘rtacha uch daqiqa faollik bilan shug‘ullanganlarda infarkt, insult va boshqa yurak-qon tomir kasalliklari xavfi sezilarli darajada kamaygani aniqlangan. Shuningdek, kunlik harakatlar davomiyligi va intensivligi oshgani sayin sog‘liq yanada yaxshilangani kuzatilgan. Tadqiqotda ayollar erkaklarga qaraganda tasodifiy jismoniy faollik bilan ko‘proq shug‘ullanishlari ham ma’lum bo‘lgan.

Olimlar kundalik harakatlarning ahamiyatiga past baho bermaslikka chaqiradi: ovqat tayyorlash, uy tozalash, bog‘da ishlash kabi odatiy faoliyatlar yosh o‘tgan sari yurak kasalliklarining oldini olishda muhim rol o‘ynashi mumkin.