Eron portdagi portlashga raketa yonilg‘isi aloqadorligini rad etdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Tehron Eronning eng yirik portida qattiq raketa yonilg‘isining asosiy komponentini yaratishda foydalanilgan modda portlagani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Foto: Razieh Pudat/ISNA/AP/picture alliance
Eron rasmiylari Eronning eng yirik savdo portida yuz bergan va o‘nlab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan portlash kimyoviy moddalarga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lish natijasida kuzatilgani hamda raketa yonilg‘isiga hech qanday aloqasi yo‘qligini bildirdi. Bu haqda 27 aprel, yakshanba kuni mamlakat Mudofaa vazirligi ma’lum qildi va bunday xabarlar «Eron dushmanlari ta’siri ostida» paydo bo‘layotganini ta’kidladi.
Mudofaa vazirligi bayonotida Bandar-Abbosdagi Shahid Rajai porti hududida harbiy yuklar yo‘qligi, ammo portlashning aniq sababini aniqlash davom etayotgani bildirilgan. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, o‘t o‘chiruvchilar yong‘inning qariyb 90 foizini o‘chirishgan va vaziyat nazorat ostida.
27 aprel oqshomida davlat matbuotida e’lon qilingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portda bir kun avval sodir bo‘lgan kuchli portlash oqibatida kamida 40 kishi halok bo‘lgan, 1200 kishi jarohatlangan.
New York Times gazetasining Islom inqilobi muhofizlari korpusiga aloqador manbaga tayanib xabar berishicha, ballistik raketalar uchun qattiq yonilg‘ining asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan natriy perxlorat bandargohda portlab ketgan.