Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni to‘xtatdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Hindiston aviakompaniyalari uchun Pokiston havo hududining yopilishi ko‘plab xorijiy va mahalliy parvozlarni imkonsiz qildi.
Foto: Getty images
Hindistonning IndiGo xususiy loukosteri Toshkent – Dehli va Dehli – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar to‘xtatilganini e’lon qildi.
Shuningdek, Hindiston aviakompaniyalari uchun Pokiston havo hududining yopilishi tufayli 800 dan ortiq mahalliy reyslar ham boshqa sanalarga qoldirildi.
Kompaniya hozir 50 dan ortiq xalqaro yo‘nalishlarning parvoz vaqti uzayib ketganini ma’lum qildi.
«Joriy qilingan cheklovlar afsuski, IndiGo aviaparki uchun Olmaota va Toshkent yo‘nalishidagi pravozlarni imkonsiz qiladi», deiyladi xabarda.
Qayd qilinishicha, Toshkentga va Qozog‘istonning Olmaota shahriga parvozlar kamida 7 may kunigacha to‘xtatilgan.
Kashmirda yuz bergan terakt tufayli Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabalar keskinlashdi. Oqibatda har ikki tomon bir-biriga nisbatan turli cheklovlarni joriy qilmoqda.