softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Yangi Rim papasini saylash uchun konklav 7 may kuni chaqiriladi - Reuters

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Yangi Rim papasini saylash uchun konklav 7 may kuni chaqiriladi - Reuters

Batafsil o'qish:

Rim katolik cherkovi oliy ruhoniylari 28 aprel kuni yopiq eshiklar ortida uchrashib, yangi papaning saylovi sanasini belgiladi.

Foto: Reuters

Kardinallar 7 may kuni yangi Rim papasini saylash uchun konklavga to‘planadi. Bu haqda Reuters Vatikandagi manbasiga tayanib xabar berdi.

Rim katolik cherkovining oliy ruhoniylari 28 aprel kuni yopiq eshiklar ortida uchrashib, yangi papaning saylovi sanasini belgiladi.

Hozircha konklav chaqiriladigan sana to‘g‘risida rasmiy xabar e’lon qilinmadi.

Rim papasi Fransisk 21 aprel kuni vafot etdi. 26 aprel kuni Vatikanda Fransiskning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi — marosimda 200 mingga yaqin odam ishtirok etdi. Rim katolik cherkovi qoidalariga ko‘ra, yangi papa saylanadigan konklav 5-11 may oralig‘ida o‘tkazilishi kerak edi.

Konklavda 80 yoshga to‘lmagan kardinallar ishtirok etishi va saylanishi mumkin. Hozirda kollegiyaning 252 nafar a’zosini 135 nafari ushbu talabga mos keladi.

Saylovlar Sikstin kapellasida o‘tkaziladi. Yangi papa saylanmagunga qadar kardinallarga tashqi olam bilan aloqa o‘rnatish taqiqlangan.