softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Ispaniya va Portugaliyada blekaut yuz berdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Ispaniya va Portugaliyada blekaut yuz berdi

Batafsil o'qish:

Xususan, Valensiyada svetoforlar, liftlar, metro va tramvaylar ishlashdan to‘xtagan. Shaharda internet va mobil aloqa uzilgan.

Ispaniyaning qariyb yarim hududida elektr energiyasi ta’minoti to‘xtatildi. Xususan, Valensiya, Madrid, Barselona va Seviliya elektr energiyasidan uzilib qoldi, deb yozadi mahalliy Levante gazetasi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Portugaliyada ham elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan.

Qayd etilishicha, Valensiyada svetoforlar, liftlar, metro va tramvaylar ishlashdan to‘xtagan. Shuningdek, shaharda internet va mobil aloqa uzilgan. Bundan tashqari, butun mamlakat bo‘ylab o‘tgan temiryo‘llarda kuchlanish tushib ketgan, natijada yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar qatnovi to‘xtatilgan.

Ispaniyaning EFE agentligiga ko‘ra, elektr energiyasi ta’minoti mahalliy vaqt bilan soat 12:30 larda uzilgan. Keng ko‘lamli blekautga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Red Electrica energotizim operatori taqsimlash kompaniyalari bilan birgalikda elektr energiyasi ta’minotini tiklash ustida ish olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida bir maymun butun Shri-Lankani elektrsiz qoldirgan, shuningdek, Chilida butun mamlakat bo‘ylab blekaut yuz bergan edi.