softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

BMT: 2014 yildan beri dunyoda 72 mingdan ortiq migrant halok bo‘ldi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

BMT: 2014 yildan beri dunyoda 72 mingdan ortiq migrant halok bo‘ldi

Batafsil o'qish:

O‘lim holatlari bo‘yicha migrantlar uchun eng xavfli yo‘nalish O‘rta Yer dengizi bo‘lib qolmoqda. O‘n yil davomida u yerda qariyb 25 ming kishi dengizga cho‘kib ketgan yoki bedarak yo‘qolgan.

Foto: Hossain Ahammod Masum 

2014 yildan 2024 yilga qadar butun dunyo bo‘ylab urush yoki gumanitar inqirozga uchragan mamlakatlardan qochgan 72 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda BMT tizimiga kiruvchi Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotning (IOM) yangi hisobotida so‘z boradi.

Hisobot mualliflarining ta’kidlashicha, migrantlar orasida qayd etilgan 54 foiz o‘lim holatlari mojarolar yoki tabiiy ofatlar ro‘y bergan mamlakatlar ichida yoki ularga yaqin hududda sodir bo‘lgan. O‘lim holatlari bo‘yicha migrantlar uchun eng xavfli yo‘nalish Markaziy O‘rta Yer dengizi bo‘lib qolmoqda. O‘n yil davomida u yerda qariyb 25 ming kishi dengizga cho‘kib ketgan yoki bedarak yo‘qolgan.

Qurbonlarning eng ko‘p qismi Afg‘oniston (5046 kishi), Myanma (3149), Efiopiya (1923), Suriya (1433) va Gvatemaladan (792). Shu bilan birga, IOM’ga ko‘ra, ushbu ma’lumotlar to‘liq emas va halok bo‘lganlar soni «ancha ko‘p bo‘lishi mumkin».

«Migrantlar juda ko‘p holatlarda e’tiborsiz qoladi, ayniqsa, harbiy mojarolar va tabiiy ofatlar hududlarida», — deyiladi hisobotda.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda boshqa mamlakatlarga yetib borishga uringan kamida 8 938 migrant halok bo‘lgan edi. Bu yillik o‘lim holatlari bo‘yicha rekord daraja bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilni eng halokatli yilga aylantirgan.