softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

YeI sudi Maltadan «oltin pasportlar» berishni to‘xtatishni talab qildi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

YeI sudi Maltadan «oltin pasportlar» berishni to‘xtatishni talab qildi

Batafsil o'qish:

Malta «investitsiya evaziga fuqarolik» sxemasidan voz kechishi kerak, aks holda u jarimaga tortiladi.

Foto: Getty images

Yevroittifoq sudi Maltaning «oltin pasportlar» berish tartibi YeI qonunchiligini buzayotgani to‘g‘risida qaror chiqardi, deb xabar beradi Financial Times.

«Yevropa Ittifoqiga a’zo davlat o‘z fuqaroligini, tom ma’noda Yevropa fuqaroligini oldindan belgilangan to‘lov yoki investitsiya evaziga taqdim eta olmaydi, chunki bu fuqarolikni olishni oddiy tijorat bitimiga aylantirish bilan teng», — deyiladi sud qarorida.

Sud versiyasiga ko‘ra, Malta shu orqali YeI shartnomasida belgilangan «o‘z majburiyatlarini bajarmayapti».

FT’ning yozishicha, Malta «investitsiya evaziga fuqarolik» sxemasidan voz kechishi kerak, aks holda u jarimaga tortiladi. Malta hukumati «ushbu qarorning huquqiy oqibatlari o‘rganib chiqilayotgani, fuqarolik bo‘yicha normativ baza qarorda keltirilgan tamoyillarga mos holatga keltirilishini» ma’lum qildi.

2023 yilda Yevrokomissiya Maltaning «oltin pasportlar»ni berish tartibi sabab YeI Oliy sudiga murojaat qilgandi. YeKga ko‘ra, Malta sxemasi butun ittifoq uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin, chunki Malta fuqaroligini olganlar YeIning istalgan mamlakatida yashashi va ishlashi, Yevropa saylovlarida ovoz berishi mumkin.

Avvalroq Ukrainadagi urush sabab G‘arb sanksiyalariga uchragan ba’zi rossiyalik biznesmenlar «oltin viza» dasturi orqali olingan Malta pasportlari tufayli Yevropa Ittifoqi davlatlariga kirish imkoniyatini saqlab qolayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ular orasida biznesmen Albert Avdolyan, shuningdek, AQSh tomonidan «Rossiya davlat idoralariga aloqador foydalanuvchilarga uskunalarni eksport qilishga ko‘maklashgani uchun» ayblangan Yevgeniya Bernova hamda millioner Pavel Melnikov ham bor.