softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

UNRWA: G‘azoda dori-darmon tugayapti, falastinliklar davolanish imkonidan mahrum

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

UNRWA: G‘azoda dori-darmon tugayapti, falastinliklar davolanish imkonidan mahrum

Batafsil o'qish:

Isroil tomonidan 2 martdan beri joriy qilingan blokada tufayli G‘azo sektoridagi tibbiy buyumlar tugab boryapti.

Foto: Anadolu Agency

2 mart kuni sulh buzilishi ortidan Isroil G‘azo sektoridagi blokadani kuchaytirgani tufayli gumanitar vaziyat og‘irlashmoqda: BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA)da dori-darmonlar deyarli tugagan va falastinliklar hatto oddiy tibbiy yordamni ham ololmayapti.

UNRWA tomonidan e’lon qilingan bayonotda aytilishicha, G‘azoda hayotiy muhim dori vositalarining yarmidan ko‘pi tugagan yoki bir oylik zaxirasi qolgan. Ogohlantirish BMT Xalqaro sudida Isroilning agentlik faoliyatiga qo‘ygan cheklovlari oqibatlarini muhokama qilish davom etayotgan eshituvlar fonida berildi.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi bundan oldin inqirozga bir necha bor e’tibor qaratgandi. Xususan, 15 apreldagi bayonotda dori-darmon va tibbiy asbob-uskunalar taqchilligi tufayli yurak jarrohligi (99 foiz) deyarli to‘xtatilgani, ona va bola salomatligi (51 foiz), dializ (45 foiz), ortopediya (87 foiz) va oftalmologiya (73 foiz) sohalaridagi xizmatlar zarar ko‘rgani aytilgan.

Ko‘plab ogohlantirishlarga qaramay, g‘azoliklar omon qolish uchun kurashishda davom etmoqda. Odamlar oxirgi chora sifatida shahar g‘arbidagi Ash-Shati qochqinlar lageridagi UNRWA tibbiyot markaziga yo‘l olishmoqda.

Yurak kasalligiga ega bemorlardan biri kerakli dori-darmonlarni olish uchun janubdan, Nasr kasalxonasidan shimolga borishi kerakligini aytgan. U surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarni dori-darmon bilan ta’minlashga chaqirdi.