softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Putin Volgograd aeroporti nomini "Stalingrad"ga o‘zgartirdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Putin Volgograd aeroporti nomini "Stalingrad"ga o‘zgartirdi

Batafsil o'qish:

Rossiya prezidenti Putin Volgograddagi Gumrak aeroporti nomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bundan buyon u «Stalingrad» deb nomlanadi.

Foto: Alex Gensher / Shutterstock

Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Volgograd xalqaro aeroportiga «Stalingrad» tarixiy nomini berish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi, deb xabar qildi 29 aprel, seshanba kuni Kreml matbuot xizmati. Bundan biroz oldin Rossiya axborot agentliklari Putin Volgograddagi Gumrak aeroportiga «Stalingrad» nomini berish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagani haqida xabar bergandi.

Xabarlarda aytilishicha, bu «Volgograd viloyati aholisi, faxriylar jamoasi, shuningdek, MHO ishtirokchilari» tomonidan berilgan iltimosdir. Rossiya hukumati Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini «maxsus harbiy operatsiya» yoki MHO deb ataydi.

2018 yilda «Rossiyaning buyuk ismlari» umumrossiya tanlovida ovoz berishdan so‘ng Volgograd aeroportiga afsonaviy sovet uchuvchisi Aleksey Maresev nomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi, u federal Rossiya telekanallari xabariga ko‘ra, «oyoqlaridan ayrilganidan keyin ham Ulug‘ Vatan urushi yillarida dushmanni mag‘lub etishda davom etgan». Biroq, aeroportga Maresevning nomi berilmadi. Volgograd aeroporti Putinning 2019 yil 31 mayda imzolangan Rossiyaning 44 ta aeroportiga taniqli shaxslar nomini berish haqidagi farmoniga kiritilmagan.