softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uols ishdan bo‘shatildi – Fox News

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uols ishdan bo‘shatildi – Fox News

Batafsil o'qish:

Amaldor «Signalgeyt» deb nomlangan mojaroning asosiy sababchisi sifatida tanilgan edi.

Foto: Shutterstock

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uols va uning o‘rinbosari Aleks Vong ishdan olinadi, deb xabar berdi CBS News.

Milliy Xavfsizlik Kengashidagi vaziyatdan xabardor manbalardan birining aytishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp ularni iste’foga chiqarilishini qayta tashkil etish sifatida taqdim etish uchun «Signalgeyt»dan beri yetarlicha vaqt o‘tgan deb hisoblamoqda.

Avvalroq Tramp maslahatchini ishdan bo‘shatishda ikkilanib yurgan va buni tashqi bosimga yon berish sifatida baholanishi mumkin deb hisoblagan, deb yozdi CBS News.

Fox News xabariga ko‘ra, Uols va Vong allaqachon ishdan bo‘shatilgan. O‘z navbatida, Politico Tramp «boshqa ma’muriyat amaldorlarining ishonchini» yo‘qotgan Uolsni ishdan bo‘shatishni anchadan beri rejalashtirganini yozdi. Nashrga ko‘ra, «uning o‘rniga nomzodlar G‘arbiy qanotda bir necha hafta davomida muhokama qilinmoqda».

Uols va Vong iste’fosi haqida rasman e’lon qilinmadi.

24 mart kuni The Atlantic bosh muharriri Jyeffri Goldberg Oq uy rasmiylari Yamandagi husiy isyonchilar pozitsiyalariga zarba berishni muhokama qilayotgan Signal chatiga o‘zini qo‘shib qo‘yganliklarini aytdi. Chatda 18 kishi, jumladan, prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uols ham bor edi.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Goldbergni aynan Mayk Uols chatga yanglishib qo‘shgan. Chunki, uning raqami telefonida boshqa odam nomi ostida saqlangan.

Mojaro keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi. Undan ayniqsa demokratlar foydalanib qolishdi va Uolsni zudlik bilan iste’foga chiqarishni talab qilishdi.

Biroq, Tramp chat ishtirokchilarini ishdan bo‘shatmasligini ta’kidlagan edi.