Isroil Damashqdagi prezident saroyi yaqiniga zarba berdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Isroil Suriya poytaxtidagi prezident saroyi yaqinidagi nishonga hujum qildi, dedi Netanyaxu. Unga ko‘ra, Isroil darziylar jamoatiga tahdidlarga yo‘l qo‘ymaydi.
Foto: AP
Isroil Suriya poytaxti Damashqda prezident saroyi yaqinidagi nishonga hujum qildi. Bu haqda 2 may, juma kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mudofaa vaziri Israel Kats bilan qo‘shma bayonotida ma’lum qildi.
«Bu Suriya rejimiga aniq signaldir. Biz Damashq janubiga (suriyalik) qo‘shinlar kiritilishiga yoki darziylar jamoatiga tahdid solishiga yo‘l qo‘ymaymiz», deyiladi Reuters iqtibos keltirgan hujjatda.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil bir necha kun ichida ikkinchi marta Suriyaga zarbalar bergan.
Agentlikning ta’kidlashicha, zarbalar Isroilning Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad al-Sharaga chuqur ishonchsizligidan dalolat beradi.
Qo‘shma Shtatlar Suriyadagi darziylar ozchiligiga qarshi zo‘ravonlikni keskin qoralaydi. «Suriyadagi darziylar jamoati a’zolariga qaratilgan so‘nggi zo‘ravonlik va qo‘zg‘atuvchi ritorika qoralanadi va qabul qilib bo‘lmaydi», dedi Davlat departamenti matbuot kotibi Temmi Bryus 1 may kuni.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Damashqdagi o‘tish davri hukumati «janglarni to‘xtatishi» kerak. O‘tish davri hukumati mas’ullarni ham javobgarlikka tortishi va «barcha suriyaliklarning xavfsizligini ta’minlashi kerak», deya qayd etdi Vashington.